Qaytarish va almashtirish shartlari
Mahsulotni sizga topshirilgan kundan boshlab 14 kun ichida qaytarishingiz yoki almashtirishingiz mumkin.
- Muddat: mahsulot qo‘lingizga topshirilgan kundan boshlab 14 kalendar kun.
- Mahsulot ishlatilmagan bo‘lishi, tovar ko‘rinishi, plombalari, qutisi, to‘liq komplekti va xarid cheki saqlangan bo‘lishi kerak.
- Qaytarishda yetkazib berish xarajatini xaridor to‘laydi. Mahsulotni do‘konimizga o‘zingiz olib kelishingiz ham mumkin.
- Almashtirish: mahsulotni boshqa rang, xotira hajmi yoki modelga almashtirish mumkin, narx farqi hisob-kitob qilinadi.
- Nuqsonli mahsulot rasmiy kafolat (12 oy) asosida ko‘rib chiqiladi.
- Pul mahsulot qabul qilinib, tekshirilgandan keyin qaytariladi.
Qaytarish yoki almashtirish uchun
Qo‘ng‘iroq qiling: +998 93 986 99 90, yoki do‘konga keling: Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Ko‘kcha mahallasi, Kichik halqa yo‘li, 57. Har kuni 10:00–20:00.